Anthropic savdosi
ANT

Anthropic (ANT) aksiyalari bo‘yicha CFDlari bilan past spredlar1 va ishonchli ijro bilan savdo qiling.2

Claude yaratuvchisi Anthropic sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Exness’da ANT bo‘yicha narxlar farqi shartnomalari (CFDlar) orqali uning narx o‘zgarishlari bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Anthropic aksiyalarining jonli grafigini ko‘rib chiqing hamda savdo kalkulyatorimiz yordamida marja va ehtimoliy savdo xarajatlarini taxminan hisoblang.

Ios
Ios
Android
Android
Android
AndroidApk
AndroidApk
AndroidApk
Ro'yxatdan o‘tishBepul demoni sinab ko'ring

Aksiyalar savdosi uchun bitta ilova

Sizga kerakli barcha vositalar

Qulay mobil ilovada ilg'or grafik va savdo vositalari yordamida aksiyalar CFDlari bilan savdo qiling.

Ios
Ios
Android
Android
Android
AndroidApk
AndroidApk
AndroidApk

Real vaqtda harakat qiling

Ishonchli ijro bilan orderlarni oching, o'zgartiring, yoping yoki qisman yoping.2

Mablag'laringizdan 24/7 foydalaning

Pul yechish so'rovlarining avtomatik tasdiqlanishi bilan mablag'laringizni istalgan vaqtda yechib oling.3

Savollaringizga javob oling

Yordam jamoamiz bilan istalgan vaqtda bevosita ilovada suhbatlashing.

exness-ANT-desktop [fullWidth].png

Narx harakatini tahlil qiling

100 dan ortiq indikator va 50 ta chizish vositasiga ega TradingView diagrammalaridan foydalaning.

Zarar xavfini cheklang

Manfiy balansdan himoya bilan balansingiz hech qachon noldan pastga tushmaydi.4

Qulay savdo qiling

Barcha darajadagi treyderlar uchun yaratilgan sodda va qulay interfeysdan foydalaning.

Anthropic (ANT) nima?

Anthropic jismoniy shaxslar, dasturchilar va korxonalar foydalanadigan Claude nomli sun’iy intellekt modellari va mahsulotlari oilasini ishlab chiqadi. Shuningdek, u jamoat manfaatiga xizmat qiluvchi korporatsiya hisoblanadi. Bu kompaniya aksiyadorlar manfaatlari bilan bir qatorda sun'iy intellektni mas'uliyat bilan rivojlantirish vazifasini ham hisobga olishi kerakligini anglatadi.

Exness’da Anthropic aksiyalari bo‘yicha CFDlar bilan ANT belgisi ostida savdo qilishingiz mumkin. Bu sizga bazaviy aksiyalarga egalik qilmasdan turib, kompaniya aksiyalari narxidagi o‘zgarishlar bo‘yicha savdo qilish imkonini beradi.

Agar ANT savdosi bilan shug'ullansangiz, uning narxiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan asosiy omillar quyidagilar:

Kompaniyadagi o'zgarishlar

Yangi Claude modellaridan tortib yirik hamkorliklargacha — Anthropic nimalarni yaratishi va korxonalar ulardan qanday foydalanishi kompaniyaning o'sishiga oid kutilmalarni shakllantirishi mumkin.


Tushum o'sishi va operatsion xarajatlar

Sun'iy intellekt xizmatlariga talabning ortishi ko'proq tushum keltirishi mumkin, biroq yangi modellarni ishlab chiqish va ishlatish katta hisoblash resurslari, tadqiqotlar va investitsiyalarni talab qiladi. Investorlar Anthropic faoliyatini baholashda har ikki jihatni kuzatadilar.


Sun'iy intellekt sohasidagi kayfiyat va tartibga solish

Boshqa sun'iy intellekt kompaniyalari bilan raqobat, sun'iy intellektni tartibga solishdagi o'zgarishlar va investorlarning texnologiya kompaniyalari aksiyalariga nisbatan umumiy kayfiyatidagi o'zgarishlar Anthropic aksiyalari narxiga ta'sir qilishi mumkin.

Exness'dagi boshqa aksiyalar CFDlari bilan tanishing

Nvidia (NVDA)

Nvidia aksiyalari CFDlari bilan tanishing va sun'iy intellekt chiplari, ma'lumotlar markazlari hamda hisoblash infratuzilmasi bozorlaridagi imkoniyatlardan foydalaning.

Microsoft (MSFT)

Faoliyati bulutli hisoblash, korporativ dasturiy ta'minot va sun'iy intellekt mahsulotlarini qamrab oladigan Microsoft kompaniyasi aksiyalari CFDlari bilan savdo qiling.

Alphabet (GOOGL)

Alphabet aksiyalari CFDlari bilan tanishing va Google'ga egalik qiluvchi, sun'iy intellekt, reklama hamda bulutli hisoblash sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniya narx harakatlari bo'yicha savdo qiling.

Batafsil

Anthropic onlayn savdosini qanday boshlash mumkin

exness-usoil-start-trading.jpg

1-qadam

Hisob oching

Ro'yxatdan o'ting va haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin bepul demo hisob orqali savdo platformamiz bilan tanishing.

2-qadam

Strategiya ishlab chiqing

Anthropic'ning moliyaviy natijalari, Claude mahsulotlari yangilanishlari va sun'iy intellekt sohasidagi o'zgarishlarni kuzating. Savdolaringizni rejalashtirish va xavfni boshqarish uchun ushbu ma'lumotlardan foydalaning.

3-qadam

Savdo bitimini oching

ANT hisobingiz uchun mavjudligini tekshiring. Savdo bitimini ochishdan oldin savdo shartlarimiz bilan tanishing va marja talablari hamda ehtimoliy xarajatlarni hisoblash uchun savdo kalkulyatorimizdan foydalaning.

Tez-tez soʻraladigan savollar


Anthropic'ning A sinfidagi oddiy aksiyalari Nasdaq Global Select Market'da ANT tikeri ostida savdo qilinadi. Exness ham Anthropic aksiyalari CFDlarini ANT belgisi ostida taklif qiladi.


Yo'q. Exness bazaviy aksiyalarga egalik qilish o'rniga Anthropic aksiyalari CFDlarini taklif qiladi. Anthropic CFDsi sizga Anthropic aksiyalariga egalik qilmasdan yoki aksiyadorning ovoz berish yoxud dividend olish huquqlarini qo'lga kiritmasdan ANT narx harakatlari bo'yicha savdo qilish imkonini beradi. CFD savdosi orqali Anthropic'ning birlamchi ommaviy taklifi — IPO orqali aksiyalarga ega bo'lmaysiz.


Claude — Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan sun'iy intellekt modellari va mahsulotlari oilasi, alohida birja listingiga ega kompaniya emas. Agar Claude aksiyalarini izlayotgan bo'lsangiz, aslida aksiyalari Nasdaq'da ANT tikeri ostida savdo qilinadigan Anthropic kompaniyasini izlayapsiz.


ANT narx grafigi bilan birga Anthropic'ning moliyaviy natijalari, tushum o'sishi, hisoblash xarajatlari, mijozlarning mahsulotlardan foydalanishi va yangi Claude mahsulotlari chiqarilishini ko'rib chiqing. Shuningdek, kompaniya natijalarini sun'iy intellekt sohasidagi umumiy tendensiyalar va investorlar kayfiyati bilan taqqoslashingiz mumkin. ANT yaqinda birjada listingga kiritilgan aksiya bo'lgani uchun texnik tahlil uchun narx tarixi cheklangan bo'lishi mumkin.


Anthropic aksiyalari narxi kompaniya e'lonlari, moliyaviy natijalar, sun'iy intellekt sohasidagi raqobat, tartibga solish va investorlar kayfiyatidagi o'zgarishlarga javoban o'zgarishi mumkin. Yaqinda birjada listingga kiritilgan aksiyalarda savdo faolligi va likvidlik shakllanayotgan paytda, ayniqsa IPOdan keyingi dastlabki kunlarda, narxlar keskin tebranishi ham mumkin. IPO taklif narxi savdo platformangizda aksiyalar yoki CFDlar aynan shu narxda mavjud bo'lishini kafolatlamaydi.


Ha, jonli grafik va yetarli narx tarixi mavjud bo'lsa, foydalanishingiz mumkin. Sirg'aluvchi o'rtachalar, Nisbiy kuch indeksi (RSI) hamda Sirg'aluvchi o'rtachalarning yaqinlashuvi va uzoqlashuvi (MACD) indikatorlari narx tendensiyalari va harakat sur'atini baholashga yordam beradi. Texnik indikatorlar kelajakdagi narx harakatlarini oldindan aytib bera olmaydi; savdo bitimini ochishdan oldin har doim mustaqil tahlil qiling.


Exness'da ANT CFDlari bilan Exness Terminal, Exness mobil ilovasi, MetaTrader 4 (MT4) va MetaTrader 5 (MT5) orqali savdo qilishingiz mumkin. Mavjudlik hisobingiz va hududingizga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun savdo platformangizni va vositaning shartnoma spetsifikatsiyalarini tekshiring.


Exness'da ANT CFDlari bilan savdo qilishda shartnoma spetsifikatsiyalaridan ANT spredi, hisobingizga tatbiq etiladigan savdo komissiyasi va pozitsiyani keyingi kunga o'tkazish uchun svop to'lovlarini tekshirishingiz kerak. Spredlar bozor sharoitlariga qarab, ayniqsa muhim iqtisodiy ma'lumotlar e'lon qilinadigan paytlarda o'zgarishi mumkin. Pozitsiyangiz uchun xarajatlar va marja talablarini hisoblashda savdo kalkulyatorimizdan foydalaning, so'ng savdo platformangizdagi joriy qiymatlarni tekshiring.


Ha, ANT pozitsiyalarini keyingi kunga ochiq qoldirganingizda svop to'lovlari olinadi. Dam olish kunlari davomida pozitsiyalarni ochiq saqlashni hisobga olish uchun juma kunlari uch karra svop olinadi. Svop xarajatlarini hisoblash uchun savdo kalkulyatorimizdan foydalaning va savdo platformangizdagi joriy stavkalar hamda jadvalni tekshiring.


Ha, Exness'da ANT CFDlari uchun belgilangan kredit yelkasi 1:20 ni tashkil qiladi. Muhim yangiliklar yoki bozordagi tanaffuslar kabi yuqori marja talablari (HMR) davrlarida kredit yelkasi 1:5 gacha kamaytirilishi mumkin. Kredit yelkasi foydani ham, zararni ham oshirishi mumkin, shuning uchun savdo bitimini ochishdan oldin pozitsiya hajmi va xavf chegaralarini rejalashtiring. Exness'da ANT CFDlari savdosi haqida batafsil ma'lumot olish uchun Yordam markazimizga tashrif buyuring.


Tartibga solingan. Ishonchli. Nufuzli.

Eng muhim narsaga, ya’ni savdo strategiyangizga e’tibor qaratish uchun tajribamiz va ishonchliligimizdan foydalaning.

2008-yilda tashkil etilgan

Jiddiy treyderlarga kerakli shartlarni taqdim etish bo‘yicha tasdiqlangan tajribamizdan foydalaning.

24/7 yordam

15 tilda malakali mutaxassislardan eng kerak paytda javob oling.

Bir nechta tartibga soluvchi litsenziyalar

Yetakchi xalqaro idoralar tomonidan litsenziyalangan va tartibga solinadigan broker bilan savdo qiling.

exness-office.jpg
home-cta-banner

Anthropic savdosini bugunoq boshlang

Past spredlar1 va ishonchli ijro bilan keyingi qadamingizni qo'ying.2

Ro'yxatdan o‘tishBepul demoni sinab ko'ring
  1. Spredlar bozor volatilligi va likvidlik, yangiliklar e’lonlari, iqtisodiy voqealar, bozor ochilishi yoki yopilishi, shuningdek savdo qilinayotgan instrument turiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi va kengayishi mumkin.
  2. Kechikishlar va sirpanish yuz berishi mumkin. Ijro tezligi yoki aniqligi kafolatlanmaydi.
  3. Exnessda pul yechib olishlarning 98% dan ortig‘i avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Qayta ishlash vaqti tanlangan to‘lov usuliga qarab farq qilishi mumkin.
  4. Savdo qilish xavfli. Talablar va shartlar amal qilinadi.